Qozog'istonda o'lim jazosi bekor qilindi

    Ijtimoiy hayot 24 Sentabr 2020 718

    Qozog'istonda o'lim jazosi bekor qilindi. Oldinroq mamlakatda ushbu jazoni qo'llash to'xtatib qo'yilgan edi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

    Ma'lumotga ko'ra, Qozog'iston o'lim jazosini bekor qilish bo'yicha xalqaro protokolga qo'shilgan. Tegishli hujjat Qozog'istonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarov tomonidan BMTning bosh qarorgohida imzolangan.

    Mamlakat prezidenti Qosim-Jo'mart To'qaev ushbu qaror haqida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi chiqishida ma'lum qilib, mamlakat insonning hayotga bo'lgan huquqini ta'minlashni maqsad qilib qo'yganini aytgan edi.

    Qozog'istonda o'lim jazosini belgilash 2003 yilda mamlakat prezidenti qarori bilan to'xtatib qo'yilgan edi.