“Dunyo“ AAning xabar berishicha, Oʻzbekistonning Olmaotadagi bosh konsulligi diplomatlari Ogʻir ahvoldagi bolalarni qoʻllab-quvvatlash markazi davlat muassasasi va Olmaota shahri Taʼlim boshqarmasi vakillari bilan birgalikda 6−17 yosh oraligʻidagi bolalarni oʻz vataniga qaytarish uchun barcha zarur hujjatlarni toʻldirgan.
Ular yaqin qarindoshlariga topshirilishi uchun Oʻzbekiston IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlariga topshirilgan.