Qozog‘istonda «O‘zbek kino kunlari» yakunlandi

    Madaniyat 9 Dekabr 2021 1632

    Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan 6-8-dekabr kunlari Qozog‘istonda «O‘zbek kino kunlari» bo‘lib o‘tdi.

    Unda Hilol Nasimovning «Meros», Jahongir Qosimovning «Ibrat», Rashid Malikovning «Tutqunlik» filmlarining maxsus namoyishlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbek delegatsiyasining Qozog‘istonga tashrifi davomida Qozog‘iston axborot va aloqa vaziri o‘rtasida memorandum imzolandi.

    Qozog‘iston telekanallarida «Ilxaq» va «Alisher Navoiy» filmlarini efirga uzatildi. Shuningdek, o‘zbek telekanallarida esa «Nebo moego detstva», «Orexovoe detstvo», «Kanikulы offlayn», «Jau jurek mыn bala» kabi qozoq milliy filmlarining namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirning tantanali yopilish marosimi Q.Quanishbaev nomidagi qozoq davlat akademik musiqa drama teatrida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbek va qozoq milliy kuy-qo‘shiqlari, raqslari ijro etildi, deb xabar beradi Kinematografiya agentligi matbuot xizmati.