Qozogʻistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari boʻlib oʻtdi

    21-24-noyabr kunlari oʻtkazilgan Oʻzbekiston madaniyati kunlari doirasida ijodiy davra suhbatlari, mahorat darslari, oʻzbekistonlik yosh rassomlar ijod mahsuli koʻrgazmasi, Rishton kulolchilik, Margʻilon toʻqimachilik, Buxoro va Nurota kashtachilik maktablari mahsulotlari namoyishi tashkil etilgan.

    Tadbirlar doirasida qozoq tilida sharhlangan “Choy” qisqa metrajli filmi ham qozogʻistonlik sanʼat ixlosmandlari eʼtiboriga namoyish etildi.

    Madaniyat kunlari Qalibek Quanishbayev nomidagi Qozogʻiston davlat akademik musiqali drama teatrida oʻzbekistonlik sanʼat namoyondalari va ijodiy jamoalari ishtirokidagi katta konsert dasturi bilan nihoyasiga yetdi.