Qozog'istonda prezidentlik saylovi o'tmoqda

    Saylov 20 Noyabr 2022 1629

    Unda amaldagi davlat rahbari Qasim-Jomart Toqaev ham o'z nomzodini ilgari surgan.

    Markaziy saylov komissiyasi olti nafar nomzodni ro'yxatga olgan. Bular - Prezident Qosim Jomart-Toqaevdan tashqari, “Amanat” kasaba uyushmalari hamdo'stligidan iqtisodchi Meyram Kajiken, “Ovul” partiyasidan respublika fermerlar assotsiatsiyasi rahbari Jiguli Dayraboev, muxolifatdagi umummilliy ijtimoiy-demokratik partiya vakili Nurlan Auesboev, “Qozoq onalari – an'analarga yo'l” uyushmasidan nomzod, huquq himoyachisi Saltanat Tursinbekova va professional ijtimoiy soha xodimlari milliy al`yansi tomonidan nomzod, jamoat arbobi Karakat Abden.

    Mamlakat bo'ylab jami 10 ming 101 saylov uchastkasi tashkil etilgan. Saylovchilar ro'yxatiga 11 million 950 ming 485 nafar fuqaro kiritilgan.

    Qozog'istonning 53 mamlakatdagi vakolatxonalari huzurida 68 ta saylov uchastkasida ovoz berilmoqda.