Bu haqda Qozog'iston suv xo'jaligi va irrigatsiya vaziri o'rinbosari Arsen Jakanbayev ma'lum qildi.
Uning tushuntirishicha, muammo qo'shni mamlakatlarning suv resurslariga ta'sir ko'rsatgan qurg'oqchilik bilan bog'liq.
“Qirg'izistonning Toktogul suv omboridagi suv hajmi o'tgan yilga nisbatan 300 million kub metrga, Chirchiq havzasidagi suv hajmi esa o'tgan yilga nisbatan 100 million kub metrga kamaygan. Shuning uchun kiruvchi suv miqdori kam. Suv tanqisligi tufayli bu yil muammolar paydo bo'lishi mumkin”, deya aniqlik kiritdi Arsen Jakanbayev Qozog'iston Majlisi agrar masalalar bo'yicha qo'mitasi yig'ilishida.
Unga ko'ra, respublikaning Turkiston va Qizilo'rda viloyatlari xavf ostida. Mahalliy hokimiyat organlariga allaqachon sholi ekishni qisqartirish tavsiya etilgan – bu hosil eng ko'p suv talab qiladi, deb xabar beradi report.az.