Qozog'istonda referendum o'tkazilishi e'lon qilindi

    Saylov 30 Aprel 2022 1485

    Qozog'iston Respublikasi prezidenti  Q.Toqayev respublika Konstitutsiyasiga o'zgartirish kiritish bo'yicha referendum o'tkazilishini e'lon qildi.

    Qozog'istonda umummilliy referendum 2 marta o'tkazilgan. Har ikkala referendum ham 1995-yil bo'lib o'tgan. Aprel oyidagi referendum Qozog'iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning prezidentlik muddatini uzaytirish bo'yicha, ikkinchi referendum avgust oyida Qozog'iston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasini qabul qilish bo'yicha o'tkazilgan.

    Qozog'iston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 ta moddasiga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan qonun loyihasi tayyorlanganligi ma'lum qilindi.