Qozog'istonda referendumning yakuniy natijalari e'lon qilindi

    2024-yil 8-oktyabr kuni Qozog'istonda Markaziy saylov komissiyasi AES qurish bo'yicha mamlakatda o'tkazilgan referendumdagi ovoz berish natijalarini e'lon qildi.

    Referendum bo'yicha Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirovning ma'lum qilishicha, referendumda ovoz berish huquqiga ega 12 million 284 ming 487 nafar fuqarodan 7 million 820 ming 204 nafari, ya'ni 63,66 foizi ovoz berdi.

    “Referendumga qo'yilgan masalani ijobiy hal etish uchun ovoz bergan fuqarolar soni 5 million 561 ming 937 nafarni yoki 71,12 foizni tashkil etdi”, dedi Nurlan Abdirov.

    Markaziy saylov komissiyasi 2 045 271 kishi atom elektr stansiyasiga qarshi ovoz berganini qo'shimcha qildi. 130 267 ta byulleten haqiqiy emas deb topildi. Shunday qilib, referendum bo'lib o'tgan deb hisoblandi, chunki ovoz berishda referendumda qatnashish huquqiga ega bo'lgan fuqarolarning yarmidan ko'pi ishtirok etdi.

    Qozog'istonda 2024-yil 6-oktabrda AES qurish bo'yicha referendum bo'lib o'tdi. Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi referendumning dastlabki natijalarini e’lon qilgan edi, deb xabar beradi zakon.kz.