Qozogʻistonda shifokorlar yetishmayapti

    Salomatlik 7 Iyul 2020 1537

    Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vaziri koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarning yetishmayotganligi haqida xabar berdi

    Koronavirus pandemiyasi fonida Atirau va Mangistau viloyatlarida shifokorlarning yetishmayotganligi kuzatilmoqda.

    Bu haqda brifing vaqtida Sogʻliqni saqlash vaziri Aleksey Soy maʼlum qildi.

    Uning soʻzlariga koʻra, tibbiyot xodimlarining yetishmasligi muammosini hal qilish uchun shifokorlarni hududlarga yuborish rejalashtirilgan.

    U yana shunday dedi: Poytaxtda va boshqa tumanlarda tibbiyot xodimlarini taʼminlab berish OTM xodimlari va tibbiyot kollejlari talabalari, shuningdek rezidentlarni hududlardan yuborish hisobidan olib borilyapti. Yaʼni, tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan hududlarni mustaqil ravishda taʼminlashga harakat qilinmoqda.

    Biz ularni tibbiyot xodimlariga katta ehtiyoji boʻlgan, tibbiyot kollejlari yoki universitetlari boʻlmagan taqdirda oʻsha hududga joʻnatamiz.

    Asosan, katta eʼtibor hozirda mintaqaviy yordamga qaratilmoqda ”, - dedi vazir.