Bu haqda Qozog'iston hukumati matbuot xizmati respublika Bosh vaziri Oljas Bektenov raisligida toshqinga qarshi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va toshqin oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha respublika shtabining yig'ilishi yakunlari bo'yicha ma'lum qildi.
“Favqulodda vaziyat zonalaridan jami 11 306 kishi evakuatsiya qilindi, 5 456 kishi vaqtinchalik joylashtirish markazlarida bo'lib turibdi”, deyiladi xabarda.
40 ta suv yuvib ketgan yo'llar, ko'prik va 39 ta yo'l qoplamalarida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. “Transport aloqasi bo'lmagan aholi punktlari bilan aloqa o'rnatilmoqda, hokimliklar tomonidan zarur oziq-ovqat va dori-darmon vositalari ta'minlandi. Favqulodda vaziyatlar zonalarida aholiga tunu-kun yordam ko'rsatilmoqda, jumladan, samolyotlar jalb qilingan. Ishga 7 mingdan ortiq odamlar, 2 mingdan ortiq texnika, jumladan, suv nasoslari, kemalar va samolyotlar safarbar etilgan”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Suv omborlari va daryolarning to'ldirilishi nazorat qilinmoqda.
Suv toshqinlari oqibatida vayron bo'lgan uy-joylarni tiklash va qurish uchun hukumat va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining zaxiralaridan mablag'lar ajratiladi.
Qozog'iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Aqto'be, Qo'stanay, G'arbiy Qozog'iston, Abay, Ulitau va Aqmola viloyatlarining bir qancha hududlarida suv toshqini tufayli mahalliy miqyosda favqulodda vaziyat e'lon qilingan, deb xabar beradi report.az.