Qozog'istonda suv toshqinidan jabr ko'rgan oilalar uchun 2,5 mingdan ortiq uy qurilmoqda

    Qozog'iston hukumati tomonidan suv toshqinidan jabr ko'rgan oilalar uchun 2,5 mingdan ortiq uy qurilmoqda.

    Bu haqda Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov ishtirokidagi yig'ilish yakunlari bo'yicha respublika hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

    “Toshqin oqibatida jami 19 342 ta ko'chmas mulk obyekti (yagona uy-joy bo'lgan uylar va dala hovlilar) zarar ko'rgan bo'lsa, ulardan 8578 tasi tiklanmaydigan deb topildi. 2 578 minta uy qurish va 6 ming ko'chmas mulk obyektlarini sotib olish bo'yicha ish olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

    Bosh vazir restavratsiya ishlari sur'atlarini tezlashtirish bo'yicha topshiriq berdi. U uylarni qurishda barcha qurilish me'yorlari va xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta'minlash muhimligini ta'kidladi. Qurilish sifati uchun viloyat rahbariyati shaxsan javobgar bo'ladi.

    Hududlarda suv toshqinidan zarar ko'rgan barcha uy-joylarni baholash yakunlandi. 3 ming 921 oila vayron bo'lgan uy-joy o'rniga yangi uy-joylar va xonadonlar oldi, yangi uylar qurish va ko'chmas mulk obyektarni sotib olish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, 9082 ta uy-joy ta'mirlanishi kerak. 7 ming 505 oilaga uy-joylarni ta'mirlash va tiklash uchun tovon puli berildi, deb xabar beradi tass.ru.