Qozog'istonda talabalarga universitetda o'qish uchun foizsiz kredit beriladi

    Fan va oliy ta'lim vaziri Sayasat Nurbek Qozog'istonda oliy ta'lim uchun foizsiz kredit berish yo'lga qo'yilishini ma'lum qildi.

    U yil oxirida ishga tushiriladi.

    Unga ko'ra, bu amaliyot AQShda qo'llanilyapti va endi qozog'istonlik abiturientlar ham bundan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Vazirlik bu borada bir qancha ikkinchi darajali banklar va moliya markazi bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Qonun loyihasini tayyorlash allaqachon yakuniy bosqichga yetgan.

    Bu Fan va oliy ta'lim vazirligi mamlakatda oliy ta'lim olish imkoniyatini oshirish uchun joriy qilmoqchi bo'lgan yagona vosita emas. Sayasat Nurbekning ta'kidlashicha, qozog'istonliklar foizsiz kreditdan tashqari “Bolalar milliy jamg'armasi” dasturi vositasida jamg'arma mablag'laridan foydalanishlari mumkin. Joriy yildan boshlab vazirlik tomonidan mazkur dastur doirasida “Keleshek” tizimi ishga tushiriladi, abituriyentlarning ota-onalari davlat va bank mukofotlarining boshlang'ich mablag'lari hisobidan ta'lim olish uchun mustaqil tarzda mablag' to'plashlari mumkin, deb xabar beradi inform.kz.

    – To'rtinchi vosita esa tabaqalashtirilgan grantlardir. Joriy yilda grantlar taqsimoti doirasida pilot loyiha ishga tushirildi. Agar bola yaxshi ball olgan bo'lsa-yu, lekin uning tanlagan mutaxassisligi bo'yicha yuqori raqobat mavjud bo'lsa – bizda 100 ball, 115 ball to'plagan ham grantni ololmaydi, chunki raqobat juda yuqori va bola imtihondan yiqilsa, biz qo'shimcha 75 foiz, 50 foiz shunday grantlar berishga tayyormiz”, dedi u.