Qozog‘istonda Toshkent irrigatsiya va suv xo‘jaligi muhandislari instituti filiali ochiladi

    Ta'lim 14 Fevral 2024 1018

    Qozogʻistonda Toshkent irrigatsiya va suv xoʻjaligi muhandislari instituti filiali ochiladi. Bu haqda QR Fan va oliy taʼlim vaziri Sayasat Nurbek maʼlum qildi.

    – Qozog‘istonda kuchli xorijiy universitetlarning 12 ta filiali ochilgan. Bu yil yana 4 tasi ochiladi. Bulardan biri jahon reytingida 82-o‘rinni egallagan Gonkong shahrining City university of Hong Kong universiteti», – dedi Sayasat Nurbek. — Shuningdek, Almatida Pensilvaniya universitetining filiali ochiladi.

    – Milliy agrar universiteti negizida mashhur Toshkent irrigatsiya va suv xo‘jaligi muhandislari instituti ochiladi. Hamda Lenin nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti», — deya qo‘shimcha qildi Sayasat Nurbek.

    Vazir, shuningdek, Rossiyada Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining filiali ochilayotganini ham qayd etdi, deb xabar beradi Kazinform.