Qozog'istonda yangi svetofor “signali” joriy etildi

    Qozog'istonda yo'l harakati qoidalariga yangi svetofor “signali” – yashil plyus kiritildi.

    U avtoulov boshqaruvchilariga qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga taqiqlovchi qizil chiroq yongani, ular esa chapga xavfsiz tarzda burila olishi haqida xabar berishi ko'zda tutilgan.

    Yo'l harakati qoidalari hujjatining yangi tahriri mualliflari ba'zi qo'shimcha yo'l belgilarini, shuningdek, yangi qaydlarni belgilab qo'yishdi. Bundan tashqari, ba'zi tushunchalarga aniqlik kiritildi va ilgari yetishmagan “Yo'l-transport hodisasini soddalashtirilgan ro'yxatga olish” atamasi kiritildi, deb xabar beradi report.az.