Qozog'istonning Jambil viloyatida 4,5 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Zilzila 26 oktyabr kuni Ostona vaqti bilan soat 11:38 da Favqulodda vaziyatlar vazirligining “SOMe” MChJ seysmik stansiyalar tarmog'i tomonidan qayd etilgan.
“Zilzilaning epitsentri Olmaotadan 482 kilometr g'arbda Qozog'iston hududida joylashgan. Magnitudasi 4,5 ga teng”, deyiladi xabarda.
Qozog'iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 2 magnitudali yer silkinishlari Taraz shahrida ham sezilgan.
O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi esa zilzila magnitudasini 3,7 ballga baholagan. Zilzila koordinatalari 42,67 gradus shimoliy kenglik; 70,81 gradus sharqiy uzunlik, 15 km chuqurlini tashkil qiladi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 204 km shimoliy-sharqda joylashgan.