Bu haqda Gidrobiologiya va ekologiya instituti direktori Mirgaliya Baymukanov ma'lum qildi.
“O'lik tyulenlar soni hozirda mingdan oshdi. Ehtimol, o'lik hayvonlarning chiqishi to'xtamaydi, bu bizning qirg'oqlarimizda esayotgan g'arbiy shamollar bilan bog'liq va ular yana qirg'oqqa chiqib qolishi mumkin. Tyulenlar sentabr oxiridan shu kunga qadar aniqlandi”, dedi Baymukanov.
Uning so'zlariga ko'ra, mutaxassislar bunchalik ko'p o'lik tyulenlarni birinchi marta qayd etishmoqda, deb xabar beradi belta.by.
Baymuqonovning ta'kidlashicha, tyulenlarning nobud bo'lishiga nima sabab bo'lganini hozircha aniq aytib bo'lmaydi. “Hozir biz material yig'ish bosqichidamiz. Ularning nobud bo'lish sababini aniqlash uchun ko'plab tomonlarni jalb qilish kerak. Bular qandaydir ifloslantiruvchi chiqindilar, seysmik faollik ko'rinishidagi tabiiy ofatlar bo'lishi mumkin, ya'ni geologlar o'z so'zlarini aytishlari kerak. Virusologlar hayvonlarning nobud bo'lishiga olib kelishi mumkin bo'lgan viruslar bor-yo'qligini aniqlaydi”, deb tushuntirdi u.
Mutaxassisning qo'shimcha qilishicha, nobud bo'lgan tyulenlarning kichik guruhida zarar izlari topilgan, biroq bu ularning nobud bo'lish sabablari haqida xulosa chiqarishga imkon bermaydi.
Agentlik ta'kidlaganidek, Kaspiy tyuleni Qozog'iston Qizil kitobiga kiritilgan. Baymuqonovning fikricha, har bir tyulenning yo'qolishi populyatsiyaga katta zarar yetkazmoqda. “Bizning ma'lumotlarga ko'ra, 30-50 yoshgacha yashaydigan tyulenlar juda kam. Populyatsiyaning ko'payishida rol o'ynashi mumkin bo'lgan o'rta yoshli tyulenlar nobud bo'lmoqda. Tyulenlar shu yoshida nobud bo'lsa, bu yo'qotish o'rnini to'ldirib bo'lmaydi”, deya ta'kidladi u.