«Ishchi kasblar yilida mamlakatimizning 10 ta kollejini xalqarolashtirish rejalashtirilgan. Uning asosiy maqsadi - Qozog‘iston kollejlarining jahon miqyosida raqobatbardoshligini oshirish va ta’lim dasturlarini xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashdan iborat. Menejmentning eng yaxshi xalqaro tajribalarini joriy etish uchun xorijlik menejerlarni jalb etish orqali kollejlarni boshqarishning ilg‘or global modellarini joriy etish amalga oshirilyapti», — dedi u.
Uning ta’kidlashicha, mazkur ishlar doirasida o‘qituvchilar xorijiy kollejlar bilan tajriba almashib, o‘z kasbiy saviyalarini oshiradilar. O‘quvchilar esa qayd etilgan ta’lim muassasalarida akademik harakatchanlik tartibiga ko‘ra o‘z ta’limini takomillashtirib boradi, deb xabar beradi Kazinform.
«Natijada kollejlarning raqobatbardoshligi oshib, ta’lim sifati xalqaro darajaga ko‘tariladi», – deydi G‘ani Beysembaev.