Qozog'istondagi trassada 18 ta avtomobil to'qnashib ketdi

    Olma-Ota – Ust-Kamenogorsk trassasida tumanli sharoitda yirik yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi, 18 ta avtomobil to'qnashib ketdi.

    Bu haqda “Kazavtojol” avtomobil yo'llarini boshqarish milliy operatori matbuot xizmati xabar berdi.

    “Taxminan soat 07:30 da Olma-Ota – Ust-Kamenogorsk avtomobil yo'lining 28-kilometrida (Olma-Ota – Konaev yo'nalishida) 18 ta transport vositasi ishtirokida yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi. Hodisa quyuq tuman sharoitda yuz berdi”.

    Matbuot xizmati xabariga ko'ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo'q.

    Kompaniya avtohalokatga haydovchilar tomonidan belgilangan tezlikka rioya qilmagani va ko'rish cheklangan sharoitda xavfsiz masofani saqlamagani sabab bo'lganini qayd etdi. Voqea sabablariga oydinlik kiritilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.