Qozog‘istondagi voqealar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonoti

    Dolzarb 5 Yanvar 2022 3912

    Birodar Qozog‘istonda kechayotgan voqealar O‘zbekiston tomonidan xavotir bilan qabul qilinib, ushbu mamlakatdagi vaziyat rivoji diqqat bilan kuzatib borilmoqda.

    Donishmand Qozog‘iston xalqi mamlakatda nobarqarorlik keskinlashuvining oldini olish, zo‘ravonlik va insonlar orasida qurbonlar yuzaga kelishining yo‘l qo‘ymaslikning uddasidan chiqishiga ishonchimiz komil.

    Qozog‘istonliklar o‘zaro birlikni saqlab qolish, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni tiklash hamda yuzaga kelgan muammolarni mustaqil hal qilish uchun yetarli qatʼiyat va irodaga egaligiga ishonamiz.

    O‘zbekiston Qozog‘iston xalqi va rahbariyatining mamlakat barqarorligi va taraqqiyotini, millat farovonligini taʼminlash yo‘ladiga intilishlarini doimo qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor taʼkidlaydi.