Qozogʻistondagi YTHda oʻzbekistonlik fuqaro vafot etdi

    Toʻqnashuv 3 ta mashina ishtirokida sodir boʻlgan.

    Qozogʻiston hududidan oʻtgan Atirau-Dossor trassasida 3 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir boʻldi.

    Odam oʻlimi bilan bogʻliq mazkur hodisa joriy yilning 15-iyun kuni ertalabki soat taxminan 6:30 larda sodir boʻlgan. Atirau viloyati politsiya departamenti xabariga koʻra, YTHda KamAZ, PAZ 32053 va Daewoo Nexia avtomashinalari ishtirok etgan.

    “Hodisada Daewoo Nexia haydovchisi boʻlgan 1973-yilda tugʻilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida halok boʻlgan”, — deyiladi xabarda.