Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Hodisa “Gʻishtkoʻprik” bojxona postida sodir boʻlgan. Bojxona xodimlari Oʻzbekiston fuqarosini tekshirganda, qoʻl yuklari orasida bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan yuklar aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, oʻzbekistonlik Qozogʻistonga toʻrtta samovar, mikroskop va antikvar tibbiy jihozlarni piyoda olib ketmoqchi boʻlgan. Maʼlum qilinishicha, ashyolar 1920-yilda ishlab chiqarilgan va chetga olib chiqilishi taqiqlangan madaniy boylik sifatida tan olingan.