32 yoshli Asqar uzoq yillar otasini topmoqchi bo'lgan. Asqarning so'zlariga ko'ra, uning ota-onasi talabalik paytida Semipalatinskda tanishgan, turmush qurishgan, u tug'ilganidan keyin ular Pavlodar viloyatiga ko'chib ketishgan. Onasi va otasi biznes bilan shug'ullanishgan. Asqar ikki yoshga to'lganida, ota-onasi ajrashgan, otasi Semipalatinskka qaytib kelgan, ba'zida o'g'lini ko'rgani kelgan, keyin esa ular orasidagi aloqa uzilib ketgan.
Asqarning onasi turmushga chiqadi, uning ukasi va singlisi dunyoga keladi. Asqar o'rta maktabni tamomlab, harbiy xizmatni o'taydi. Va bu yillar davomida u qarindoshlaridan uning tashqi ko'rinishi va fe'li otasiga juda o'xshashligini eshitadi. U ko'p bor Semeyga borish va otasini topish, qarindoshlari bilan tanishish haqida o'ylardi.
“Men otamni internetda turli ma'lumotlar bazalaridan topishga harakat qildim, volontyorlarga murojaat qildim, ular menga kelajakda ma'lumot joylashtirish uchun politsiyaga ariza yozishimni maslahat berishdi. Ko'p yillar oldin, men hali o'qib yurgan paytlarimda, xolam otamning qarindoshlarining telefon raqamini topdi, otam haqida bilish uchun telefon qildik, bizga u xizmat safarida ekanligini va o'zi aloqaga chiqishini aytishdi, keyinroq qo'ng'iroq qilishga kelishib oldik, keyin bu raqam yo'qolib qoldi.
“Men uylandim, Pavlodarga ko'chib o'tdim, ikki farzandim bor. Ko'p bor otamni topmoqchi, bolalarimni bobosi bilan tanishtirmoqchi bo'ldim. To'ydan oldin uni qidirib ko'rdik, lekin bu urunishimiz ham zoye ketdi”, deydi Asqar.
Otasini topish ishtiyoqi Asqarni ko'p yillar davomida tinch qo'ymadi. Natijada u otasi ro'yxatdan o'tgan manzilni topib, ukasi bilan Semeyga boradi. Biroq u ko'rsatilgan manzilda otasini topa olmaydi va mahalliy politsiyaga murojaat qiladi.
Auezov IIB uchastka inspektori Odil Baymurzin qidiruv uyushtirdi va Asqarning otasining turgan joyini aniqladi. Ma'lum bo'lishicha, u Semeydan 20 kilometr uzoqlikdagi fermada ishlar ekan.
Asqar ukasi bilan darhol u yerga bordi, otasini topdi, suhbatlashdi, farzanlarining suratlarini ko'rsatdi, otasi bilan aloqani tikladi.
Asqar 30 yillik ayriliqdan so'ng otasini topishda va yana uchrashishda yordam bergan uchastka inspektoriga va barchaga o'z minnatdorchiligini bildirdi, deb xabar beradi tengrinews.tv.