Viloyat Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati xabariga koʻra, 15-fevral kuni “Astana-Chelyabinsk” yoʻnalishida harakatlanayotgan yoʻlovchi avtobusi “Jaqsi-Yesil-Buziliq” yoʻlidagi Jaqsi qishlogʻi yaqinida buzilib qolgan.
“Jaqsi tumani qutqaruvchilari Ayaz Maqashev va Saylaubek Qazjimuratov zudlik bilan chaqiruv joyiga yetib borishdi. Ular buzilgan avtobusda boʻlgan 64 nafar yoʻlovchini (shundan 17 nafari bola) Jaqsi qishlogʻidagi 1-sonli oʻrta maktabda joylashgan isinish joyiga olib ketishdi. Yoʻlovchilar tibbiy yordamga muhtoj boʻlmagan”, – deyiladi agentlik xabarida.