Qozog'istonning O'zbekiston bilan chegarasida turnaqator navbat yuzaga keldi

    Turnaqator navbat tufayli yuzlab yuk mashinalari Turkiston viloyatidagi "Qozigurt" bojxona postiga yetib borish uchun kunlab vaqt sarflamoqda.

    Qozog'iston hududida yuk ortilgan yuk mashinalari kunlab navbat kutishga majbur bo'lmoqda.

    “Kecha soat 10 da bu yerga etib keldik, o'shandan beri turibmiz. Ko'pi bilan 200 metrga siljidik, xolos”, deydi qozog'istonlik yuk mashinasi haydovchisi Baxt Jiyenbayev.

    Mahalliy bojxona organida yuk avtomashinalarining to'planib qolishi “Qoplonbek” nazorat-o'tkazish punktining ta'mirlanishi bilan bog'liq. Barcha yuk tashish uchta boshqa punktga yo'naltirilgan. Shuning uchun ularda haddan tashqari ko'p yuklama yuzaga kelgan, deb xabar beradi ru.sputnik.kz.