Ushbu mukofotni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov topshirdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari Qozogʻistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamqulov janoblarini Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va ishonch, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga koʻtarish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy maʼno-mazmun hamda muhim tashabbuslar bilan boyitish, ustuvor yoʻnalishlardagi aloqalarni kengaytirish va har tomonlama rivojlantirish, qoʻshma loyihalarni faol ilgari surishga qoʻshgan shaxsiy hissasi, shuningdek, mamlakatlarimiz xalqlarining koʻp asrlik doʻstligi va hamjihatligini yanada mustahkamlash yoʻlidagi ulkan xizmatlari uchun “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi.