UshbumarkazJumabekTashenovnomdagiuniversitetivaAndijondavlatpedagogikainstitutioʻrtasidatuzilganHamkorlikmemorandumiasosidatashkiletildi.
Qayd etish kerakki, mazkur universitetda “Oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchilari” dasturi asosida bakalavr va magistrlar tayyorlanyapti.
Universitet tashkil etilganining 25-yilligiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida Oʻzbek tili va madaniyati markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda Andijon davlat pedagogika instituti rektori Baxtiyor Rasulov boshchiligidagi Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiya qatnashdi.
Qozogʻiston tomoni Oʻzbek tili va madaniyati markazining tashkil etishda munosib hissa qoʻshgan Andijon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rahbariyati hamda professor-oʻqituvchilariga minnatdorlik bildirdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar, ushbu markazning ochilishi Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarilgan taʼlim va madaniyat sohalaridagi oʻzaro munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitishini qayd etdilar.
Taʼkidlanganidek, markaz Oʻzbekistonning milliy madaniyati, adabiyoti va urf odatlarini keng targʻib qilish imkonini beradi.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda dunyoning eng qadimiy taʼlim va tadqiqot muassasalaridan biri — Oksford universitetida Oʻzbek tili markazi ochildi. Markaz 2024-yil yanvardan boshlab ilk talabalarni qabul qiladi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.