Qozog'istonning Turkiston viloyati akimati delegatsiyasi vakillari Nurafshonga tashrif buyrdi

    Toshkent viloyatida mehmon bo'lib turgan qo'shni Qozog'istonning Turkiston viloyati akimati delegatsiyasi vakillari Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida bo'lib, Davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Ta'kidlash joizki, Davlat xizmatlari markazlari bugun fuqarolarning eng yaqin ko'makchisiga aylanib, tez, qulay va oson xizmat ko'rsatuvchi maskanga aylanib ulgurdi. Aholining uzog'i yaqin, og'iri yengil bo'lmoqda.

    Mehmonlarga Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazi faoliyati haqida ham ma'lumotlar berildi. Markaz binosida xizmat olish uchun tashrif buyurgan aholi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, bolalar maydonchasi, o'z-o'ziga xizmat burchagi, mo'jazgina kutubxona tashkil etilgan. Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun maxsus joylar ajratilgan. Mazkur binoda bir kunda 200-300 nafargacha fuqaroga xizmat ko'rsatish imkoniyati yaratilgan.

    Delegatsiya vakillari markaz faoliyati bilan tanishar ekan, Davlat xizmatlari markazlari aholi uchun muhim va kerak bo'lgan davlat xizmatlarini olishi mumkin bo'lgan joyga aylanib ulgurganligini va tizim imkoniyatlarini e'tirof etdi.

    DXA Toshkent viloyati boshqarmasi

    matbuot xizmati