Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi yangi halokatli virus tarqalishi haqidagi xabarga izoh berdi

    Salomatlik 10 Iyul 2020 10509

    “Biz bu maʼlumotni rasmiy ravishda rad etamiz. Maʼlumot haqiqatga zid”, - dedi Sogʻliqni saqlash vazirligi.

    Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi yangi halokatli virus tarqalishi haqidagi xabarga izoh berdi. Avvalroq, bir qator Xitoy ommaviy axborot vositalari bu haqida maʼlumot tarqatishgandi.

    Xitoy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Qozogʻistonda koronavirusdan koʻra xavfli boʻlgan pnevmoniyaning yangi turi tarqalmoqda.
    Sogʻliqni saqlash vazirligi bunday maʼlumotlar haqiqat emasligini aytdi.

    “Biz bu maʼlumotni rasmiy ravishda rad etamiz. Maʼlumot haqiqatga zid”, - dedi Sogʻliqni saqlash vazirligi.