Qozonda I MDH oʻyinlari rasman ochildi

    Sport 5 Sentabr 2021 898

    Kecha Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida tarixda ilk marotaba oʻtkazilayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi oʻyinlarining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Ushbu tantanali marosimda mamlakatimiz sport delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Sportchilarimiz xorazmcha qoʻshiq sadosi ostida sahnaga chiqib kelishdi.

    Ochilish marosimida Oʻzbekiston bayroqdori boʻlishdek sharafli vazifa esa yunon-rum kurashi boʻyicha 5 karra mamlakat chempioni, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Xorvatiyada boʻlib oʻtgan xalqaro turnirlar sovrindori, I MDH oʻyinlari kumush medali sohibi Muhammadqodir Rasulovga ishonib topshirildi.

    I MDH oʻyinlarida 9ta davlat, yaʼni Armaniston, Ozarbayjon, Moldova, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston hamda mezbon Rossiya Federatsiyasi sport delegatsiyalari 182 ta medallar jamlanmasi uchun bahslarga kirishgan.

    Maʼlumot uchun: I MDH oʻyinlarida mamlakatimiz sportchilari musobaqa dasturidagi 17ta sport turidan 15tasida ishtirok etyapti, deb xabar beradi

    Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.