Avval xabar berilganidek, joriy yilning 23-sentyabr kuni 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon Rossiya Federatsiyasining Qozogʻiston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida toʻplanib qolgan fuqarolarimizni Vatanga olib kelish maqsadida Rossiyaga joʻnatilgan edi. Rejaga muvofiq ushbu avtobuslar 27-sentyabr kuni 750 nafar fuqarolarimizni Oʻzbekistonga olib kelgan edi.

Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan 26-sentyabr kuni navbatdagi 15 ta avtobusdan iborat karvon Rossiya Federatsiyasi hududidan mamlakatimiz fuqarolarini olib kelish maqsadida yoʻlga chiqqan edi. Ayni damda ushbu avtobuslar Qozon shahridan 700 ga yaqin fuqarolarimizni olib qaytmoqda. Rejaga muvofiq avtobuslar karvoni ertaga Oʻzbekistonga kirib keladi.


Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati