Parvozlar jadvali va aviachiptalar narxlari bilan aviakompaniya veb-saytida tanishishingiz mumkin:
https://www.uzairways.com/uz/p...
Quyidagilarga eʼtibor qaratishingizni iltimos qilamiz:
Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan Oʻzbekistonga havo qatnoviga Oʻzbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Qirgʻiziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (qatnov joʻnashidan oldin kamida 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi. PZR maʼlumotnomasiga ega boʻlmagan yoʻlovchilar aviakompaniyaning parvozlariga qoʻyilmaydi.
Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, “Uzbekistan airways” AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki mintaqangizdagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin, deb xabar beradi “Uzbekistan airways” AJ matbuot xizmati.