Qozoq qizi Fransiyada shahar meri oʻrinbosari etib saylandi

    Voqea-hodisalar 30 Iyun 2020 2778

    Yesim Mahmut qizi ismli qozoq ayol Fransiyaning Krey shahri hokimining oʻrinbosari etib saylandi, deya xabar beradi Tengrinews.kz.

    Yesim Mahmut qizi Fransiyaning Krey shahri hokimining oʻrinbosari etib tayinlandi. Ushbu yangilikni uning otasi, Fransiyadagi qozoqlar Assotsiatsiyasi raisi Mahmut Savas aytib oʻtdi.

    Maʼlumki, qiz 2020-yil 28-iyun kuni Fransiyada boʻlib oʻtgan mahalliy saylovlarning ikkinchi bosqichida hokimning oʻrinbosari etib saylangan. U mashhur Zuk Botirning nevarasi. Zuka Sabitula 1866-yilda Sharqiy Qozogʻiston viloyatining Zaysan tumanida tugʻilgan. Koʻp yillar davomida u din voizi boʻlib, mustaqillik uchun kurashgan.