Mazkur seminarda universitetning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor S.Alavatdinov talabalar oʻrtasida mavzu yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordi.
Seminarda Yuridik fakulteti professor-oʻqituvchilari tomonidan ishtirokchilarga huquq sohasidagi islohotlar, yangi qonun hujjatlari, ishtirokchilar uchun muhim boʻlgan qonun hujjatlaridagi moddalar haqida tushuncha berildi.
Seminarni tashkil etilishidan asosiy maqsad “Huquqiy savodxonlik oyligi” davomida yoshlarimizda Konstitutsiyamiz, uning normalari asosida qabul qilingan qonun hujjatlarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishdir.