Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Guliston shahridagi savdo doʻkoni sotuvchisi Z.A. (erkak kishi) jamoat joyida soʻkinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik sodir qilgan xatti-harakatlari uchun MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan maʼmuriy javobgarlikka oid ish qoʻzgʻatilib, ish hujjatlari jinoyat ishlari boʻyicha Guliston shahar sudiga yuborildi.

Shu yilning 22-iyul kuni jinoyat ishlari boʻyicha Guliston shahar sudida mazkur ish koʻrib chiqildi.

Sud hukmiga asosan Z.A. ga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.