Oʼzbekiston Sanitariya-epidemiologiya qoʼmitasi xabariga koʼra, respublika hududiga karantin va oʼta xavfli yuqumli kasalliklarni chet davlatlardan kirib kelishi va aholi oʼrtasida tarqalib ketishiga yoʼl qoʼyilmadi. Respublika boʼyicha bugungi kunda kasalliklarni chetdan kirib kelishini oldini olish maqsadida: davlat chegaralarini kesishish joylarida, halqaro aeroportlarda, temir yoʼl vokzallarida va Termiz daryo portida tashkil etilgan 51 ta sanitariya – karantin punktlari (SKP) faoliyat olib bormoqda.
QKGI (arbovirus qoʼzgʼatadigan, isitmalash, gemorragik alomatlar bilan kechadigan, tabiiy sharoitda transmissiv yoʼl bilan yuqadigan, tabiiy oʼchoqli oʼta xavfli yuqumli kasallik) qoʼzgʼatuvchilari bilan zararlangan kanalar mavjud hududlarni aniqlash va kanalarda zararlanish darajasini oʼrganish maqsadida veterinariya xizmati bilan hamkorlikda tabiiy oʼchoqli hududlardan 1 000 donadan kana yigʼib olinib, Virusologiya laboratoriyasida tahlildan oʼtkazilib, QKGI kasalligining kelgusi yil uchun bashorati, maʼmuriy hududlar kesimida tayyorlandi.