Unda “Oʻzbekiston” lokomotiv deposi boshligʻi F.Mahamatov, Mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari M.Tolipov, “Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli” unitar korxonasi Hududiy kasaba uyushma qoʻmitasi mehnat muhofazasi yetakchi mutaxassisi F.Qayumov hamda korxonaning barcha oʻrta boʻgʻin rahbarlari va ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqan soha mutaxassislari ishlab chiqarish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarni oldini olishda barcha ishchi-xodimlarning texnologik jarayonlarga hamda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etayotgani, texnologik jarayon talablari asosida ishlarni tashkil qilinayotgani, shuningdek, temiryoʻlchilarni shaxsiy himoya vositalari bilan oʻz vaqtida taʼminlanayotgani hamda undan foydalanish ustida nazoratni kuchaytirishda alohida eʼtibor qaratilib kelinayotganligini alohida taʼkidlashdi.

Shuningdek, depo va uning filiallarida mehnatni muhofaza qilish ishlarini takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan baxtsiz hodisalarni oldini olish hamda lokomotiv va elektropoyezdlarning sifatli taʼmirlanishiga yoʻnaltirilgan “Harakat xavfsizligi va sifat kunlari”, “Mehnat muhofazasi kuni” kabi profilaktik tadbirlarni kuchaytirish evaziga korxona rahbarlaridan tortib, barcha mutaxassislarning ham birdek ishchi-xodimlarni mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligiga oid bilim va koʻnikmalarining yanada oshishda xizmat qilayotganini samimiyat bilan tilga olishdi.

Shu oʻrinda mazkur oylik davomida depo hamda unga tegishli barcha filiallarda ham ishchi-xodimlar uchun oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilib, hujjatli filmlar namoyish etilganligi, shuningdek, korxonada ishchi-xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilganligini aytib oʻtish joizdir.

Jumladan, avtoulagichlarni taʼmirlash, lokomotivlarga ehtiyot qismlar tayyorlash sexlari taʼmirdan chiqarilib, yangi zamonaviy dastgohlar bilan jihozlandi. Sexlardagi ovqatlanish xonalari qaytadan taʼmirlanib, yangi mebel jihozlari oʻrnatib berildi. Bundan tashqari, ancha vaqtdan beri, ishlatilmay kelayotgan eski qozonxona binosi oʻrnida zamonaviy yuvinish markazi foydalanishga topshirildi.

— Mehnat jarayonida inson xavfsizligi, uning hayoti va sogʻligʻi, ish qobiliyatining saqlanishini taʼminlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari ham muntazam tashkil etib kelinmoqda, — dedi “Oʻzbekiston” lokomotiv deposi boshligʻi F.Mahamatov. — Shu jumladan, zararli ish oʻrinlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan ishchilarni sogʻligʻini tiklash maqsadida xodimlarga muntazam sut va sut mahsulotlari va meva sharbatlari bepul tarqatib berilmoqda. Ish joylarida barcha xodimlar maxsus kiyim-kechak bilan taʼminlash dasturiga muvofiq ularga maxsus ust-bosh kiyimlari va poyabzallar hamda shaxsiy himoya vositalari bilan oʻz muddatida taʼminlanib kelinayotir. Deponing barcha sex va boʻlimlari toza ichimlik suv bilan taʼminlangan boʻlib, ularga kerakli barcha sharoitlar yaratib berilgandir.

Yuqoridagi qilinayotgan ishlardan shuni koʻrish mumkinki, muhtaram yurtboshimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Inson qadri ­­— oliy qadriyat” shioriga muvofiq va hamohang tarzda olib borilayotganidan dalolatdir.

Tadbir davomida korxonada mehnat qilib kelayotgan isteʼdodli yoshlari tomonidan konsert dasturi namoyish etilib, depo rahbariyati hamda kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan mehnatni muhofaza qilishda fidokorona xizmat qilib kelayotgan qator mehnat muhofazasi mutaxassislari esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.

Feruza XUDOYQULOVA,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari”

aksiyadorlik jamiyati

Axborot- tahliliy media

markazi muxbiri