Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasining tezkor guruhi tomonidan  Qumqoʻrgʻon tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida bir qancha fermer xoʻjaliklarida gʻalladan boʻshagan yer maydonlarini yoqib yuborganlik holatlari  aniqlandi. 

Qumqoʻrgʻon  tumanida faoliyat yuritayotgan “Boʻston Firdavs” fermer xoʻjaligiga qarashli gʻalladan boʻshagan 10 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xoʻjaligi rahbari F.S.ga nisbatan MJtKning  88-moddasi 3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlik natijasida tuproq unumdorligiga 21 million 286 ming 980 soʻm zarar yetkazilgan. 

“Hojimurod Mamatrayim” fermer xoʻjaligida ham gʻalladan boʻshagan 10  gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xoʻjaligi rahbari F. M.ga nisbatan MJtKning  88-moddasi 3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlik natijasida tuproq unumdorligiga 17 million 548 ming 113  soʻm zarar yetkazilgan. 

“Elsevar Nurli Zamin” fermer xoʻjaligida ham gʻalladan boʻshagan, 5 gektar  yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xoʻjaligi rahbari U.T.ga nisbatan MJtKning  88-moddasi 3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu holat bilan tuproq unumdorligiga 8 million 774 ming 055  soʻm zarar yetkazilgan. 

“Kakaydi paxtakor” fermer xoʻjaligiga qarashli gʻalladan boʻshagan 10 gektar yer-maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xoʻjaligi rahbari I.E.ga nisbatan MJtKning  88-moddasi 3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlik oqibatida tuproq unumdorligiga 17 million 520 ming 822 soʻm zarar yetkazilgan. 

“Eshqobil Hojimurod” fermer xoʻjaligiga qarashli gʻalladan boʻshagan 13 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xoʻjaligi rahbari E. Q.ga  nisbatan MJtKning  88-moddasi 3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu holat bilan tuproq unumdorligiga 27  million 918 ming 690 soʻm zarar yetkazilgan. 

“Zilola-Ruslan” fermer xoʻjaligiga qarashli gʻalladan boʻshagan 7 gektar  yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xoʻjaligi rahbari B.Q.ga nisbatan MJtKning  88-moddasi 3-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlik natijasida tuproq unumdorligiga 13  million 28 ming 722 soʻm zarar yetkazilgan.

Qumqoʻrgʻon tumanida aniqlangan gʻalladan boʻshagan yer maydonlarini yoqib yuborganlik holati boʻyicha tabiatga yetkazilgan zararning umumiy miqdori 106 million 074 ming soʻmni tashkil etdi. Yetkazilgan zarar huquqbuzarlardan undiriladi.

Reyd tadbirlari davom etmoqda.