Surxondaryo viloyati xokimligiga ko'ra, kecha tunda Qumqo'rg'on tumani Azlarsoy va elobod mahallasidagi jami 100 dan ortiq aholi yashash xonadonlarini suv bosgan. 360 dan ortiq axoli xavfsiz hududlardagi qarindoshlarinikiga vaqtincha ko'chirilgan.

Hududdan kesib o'tuvchi temir yo'lning 400 metr qismini sel suvlari yuvib o'tgan. 

Har ikkala holatda ham tabiiy ofatdan jabrlanganlar yo'q. Xizmatlar yuzaga kelgan talofatlarni bartaraf etish, aholiga yordam ko'rsatish ishlarini amalga oshirmoqda.