Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 22-may sanasidan boshlab amaldagi kunlik 85 ta reysdan tashqari qoʻshimcha 23 ta qatnov yoʻlga qoʻyildi.
Qoʻshimcha avtobuslar Zarmitan, Nurota, Zarafshon, Uchquduq, Xatirchi, Qarshi, Shahrisabz, Uzun, Xiva hamda Nukus yoʻnalishlarida harakatlanadi.
Qurbon hayiti munosabati bilan eʼlon qilingan qoʻshimcha dam olish kunlarida ichki turizm va aholining hududlararo harakatlanish ehtiyojini toʻliq qondirish maqsadida yoʻlovchilar oqimidan kelib chiqib, qoʻshimcha qatnovlar uzluksiz tashkil etib borilishi maʼlum qilindi.