Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan 2023 yil 28 iyundan – 2 iyulgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning barcha tariflariga 50 foiz chegirma joriy qilindi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Qurbon hayiti bayrami arafasida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida, joriy yilning 26 iyun kunidan 3 iyul kuniga qadar “Toshkent – Qarshi – Toshkent”, “Samarqand – Toshkent – Samarqand” hamda “Toshkent – Namangan – Toshkent” yo‘nalishlarida harakatlanuvchi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.