Agar shunday bo'lsa, unda O'zbekistonda olti kunliklar 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam olishadi. Qaysi kunga to'g'ri kelishining ahamiyati yo'q. 

Hayit 16 iyunga to'g'ri kelsa, dam olish kunlari quyidagicha bo'ladi:

15 iyun, shanba — 5 kunliklar uchun dam olish, 6 kunliklar uchun ish kuni;

16 iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;

17 iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to'g'ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko'chiriladi);

18 iyun, seshanba — barcha uchun qo'shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023 yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).