Shariatimizga koʻra yil davomida faqat uch kun mobaynida ado etish mumkin boʻlgan ulugʻ ibodat – qurbonlik ibodatining ham oʻziga xos ahkomlari mavjud. Shunday ekan bunga doir turli savollar koʻpayishi tabiiy hol.

Endilikda, Siz Oʻzbekiston musulmonlari idorasining maxsus koll-markaziga qoʻngʻiroq qilib, Qurbonlik masalalariga oid oʻzingiz uchun muhim boʻlgan savollarga javob olish imkoniyatiga egasiz.

Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, buning uchun 78-150-33-44 telefon raqami orqali koll-markazga qoʻngʻiroq qilishingiz va Fatvo boʻyicha malakali mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

Koll-markazning ish tartibi 28-iyul seshanba kunidan – 3-avgust dushanba kunigacha, tunu kun (24 soat) davom etadi (ibodat vaqtlari istisno qilinadi).