Qurbon hayiti kuni maxsus avtobus yoʻnalishlari tashkil etiladi

    Transport 7 Iyul 2022 2737

    Toshkent shahrida 2022-yil 9-iyul kuni Qurbon Hayit namozi oʻqilishi munosabati bilan maxsus avtobus yoʻnalishlari tashkil etilmoqda, deya xabar beradi «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati.

    Joriy yilning 9-iyul kuni poytaxtimizning 11 ta tumanida joylashgan 98 ta masjidda Qurbon Hayit namozi oʻqilishi belgilangan boʻlib, mazkur masjidlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarimizga qulaylik yaratish, yoʻllarda paydo boʻladigan tirbandliklarni oldini olish hamda Qurbon hayit bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini koʻrsatish maqsadida maxsus avtobus yoʻnalishlari tashkil etilmoqda.

    Mazkur avtobus yoʻnalishlari soat 03:00 dan 06:00 ga qadar quyidagi koʻchalar orqali harakatlangan holda fuqarolarimizning masjidlarga kelib ketishlari uchun xizmat koʻrsatadi:

    Eslatib oʻtamiz ushbu avtobus yoʻnalishlari Toshkent shahar hokimligining tashabbusiga koʻra, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan tashkil etilmoqda.