Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-choragida respublika boʻyicha 19,6 trillion soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 100,5 foizga teng.
Jami qurilish ishlari hajmida hududlarning ulushi:
Toshkent shahri – 24,6 foiz;
Toshkent viloyati – 9,6 foiz;
Qashqadaryo viloyati – 6,7 foiz;
Buxoro viloyati – 6,6 foiz;
Samarqand viloyati - 6,6 foiz;
Fargʻona viloyati – 6,6 foiz;
Surxondaryo viloyati – 5,5 foiz;
Namangan viloyati – 5,1 foiz;
Andijon viloyati – 4,8 foiz;
Navoiy viloyati – 4,7 foiz;
Qoraqalpogʻiston R. – 4,4 foiz;
Xorazm viloyati – 3,3 foiz;
Jizzax viloyati – 2,9 foiz;
Sirdaryo viloyati – 2,9 foiz.
Qurilish ishlari hajmi tarkibida:
kichik korxona va mikrofirmalar – 11,7 trillion soʻm;
yirik tashkilotlar – 4,1 trillion soʻm;
norasmiy sektor – 3,8 trillion soʻm.