Qurilish ishlari munosabati bilan Bektemir chorrahasi vaqtincha yopiladi

    Bugundan Bektemir tumanidagi Bektemir yoʻli va Katta halqa yoʻli chorrahasi qurilish ishlari sababli vaqtincha yopiladi.

    39, 45, 68, 93, 110, 117, 128, 130-sonli avtobuslar maxsus tashkil etilgan vaqtinchalik yoʻl orqali harakatlanadi.

    Tirbandlik va qatnov intervali uzayishi mumkin. Zaruratga koʻra qoʻshimcha oʻzgarishlar haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.