Holat Yangi Darxon mahallasida qurilayotgan koʻp qavatli uyda sodir boʻlgan. 2001-yilda tugʻilgan B.Sh. boshiga 14-qavatdan qolip tushib ketib, vafot etgan.

Dastlabki sud tibbiy ekspertizasi xulosasiga koʻra, oʻlimga hayot bilan nomutonasib jarohat, bosh miya ochiq jarohati, kalla gumbazi asosiy suyaklarining yuz suyaklariga oʻtuvchi sinishlari, boya miya lat yeb majaqlanishi, umurtqa pogʻonasi va orqa miya yopiq jarohati, oltinchi va yettinchi koʻkrak umurtqalari sinishlari, orqa miya lat yeyishi, koʻkrak qafasi yopiq toʻmtoq jarohati, toʻsh suyagi, oʻpkalar lat yeb yorilishlari, bosh sohasi ezilib yirtilgan yarasi, tashqi va ichki qon yoʻqotish, ichki aʼzolar kam qonligi sabab boʻlgan.

Toshkent shahri prokuraturasi hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini maʼlum qildi.