Ekologik vaziyatni yaxshilash, atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, qurilish tashkilotlarining masʼuliyatini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqildi. Bu haqda parlamentning quyi palatasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, Qonun loyihasi bilan qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun qurilish tashkilotlari mansabdor shaxslarining javobgarligini belgilash taklif etilmoqda.
Ushbu harakatni sodir etganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida, huquqbuzarlik jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima belgilash taklif etilmoqda.