Qonunga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritildi.
Bunda:
Oʻlchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq boʻlgan qurilish maydonida, unga tutash boʻlgan hududda hamda undan chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻyish:
— mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravari (3 mln 750 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa:
— mansabdor shaxslarga BHMning 50 baravari (18 mln 750 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.