Qurilish obyektlarida ishlash maqsadida kelgan shaxslar mazkur joylarda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinadi

    Vazirlar Mahkamasining qarori (868-son, 21.12.2024-y.) bilan Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Unga koʻra, Hukumatining ayrim qarorlariga qurilish obyektlarida yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalarida ishlash maqsadida kelgan va ushbu obyektlarning yashash uchun moslashtirilgan joylarida yashab, mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarni mazkur qurilish obyektlariga yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalariga vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bunday shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi, texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga qatʼiy rioya etilayotganligini doimiy nazorat qilib borilishini taʼminlaydi.