Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti:

- qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqish, xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirish va ularning fondini yaratish;

- ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, qurilish mahsulotlarini sinash va sertifikatlash, qurilishda narxlarni shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha vakolatli davlat muassasasi etib belgilangandi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

- qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligiga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”;

- 2024-2026-yillarda takomillashtiriladigan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlar roʻyxati;

- qurilish resurslari milliy klassifikatorini joriy etish va narxlar elektron platformasini shakllantirish sxemasi;

- qurilish jarayonlariga loyiha boshqaruvining raqamli tizimini joriy etish sxemasi.

Shuningdek, qaror bilan Qurilish sohasida texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti deb qayta nomlandi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 24-apreldan kuchga kirdi, deb xabar beradi “Norma”.